Barcha maqolalar
avtomatlashtirish

82% biznes birgina sabab bilan bankrotga uchraydi

Ushbu maqolada pul oqimi, uning yoʻnalishlari va biznesdagi oʻrni haqida soʻz yuritiladi.

ARYFMA1 daqiqa oʻqish
82% biznes birgina sabab bilan bankrotga uchraydi

Jahon moliya ekspertlari tadqiqotlarda 82% biznesning pul oqimini notoʻgʻri boshqarish sababli bankrotga uchrashini aniqlagan.

Pul oqimini bilish va uni toʻgʻri nazorat qilish kompaniyaning tirik qolishi, toʻlov qobiliyati va strategik rivojlanishini taʼminlaydigan eng muhim omildir.

Oʻzi pul oqimi deganimiz nima?

Pul oqimi — bu maʼlum vaqt ichida biznesga kirayotgan va undan chiqib ketayotgan barcha mablagʻlarning harakatidir.

Buning ichiga naqd pullar ham, oʻtkazma va boshqa har qanday mablagʻ turi kiradi. U 3 ta asosiy yoʻnalishga boʻlinadi:

1. Operatsion pul oqimi: Kunlik asosiy faoliyatdan (mahsulot sotish, xizmat koʻrsatish) keladigan va xarajatlarga (oyliklar, ijara, xomashyo) ketadigan pul.

2. Investitsion pul oqimi: Asosiy vositalarni (uskunalar, koʻchmas mulk) sotib olish yoki sotish bilan bogʻliq harakatlar.

3. Moliyaviy pul oqimi: Kreditlar olish, investorlardan mablagʻ jalb qilish yoki aksiyadorlarga dividend toʻlash jarayonidagi pul oqimi.

Agar biznes avtomatlashmagan boʻlsa pul oqimini toʻgʻri nazorat qilishda muammolar kuzatilishi ehtimoli katta.

Siz qogʻozdagi hisob-kitoblarda chalkashlik, maʼlumotlar noaniqligi va boshqa koʻplab muammolarga duch kelishingiz mumkin.

Avtomatlashtirilgan biznesda esa pul oqimi samarali nazorat qilinadi. Chunki maxsus dasturlarda pul oqimini nazorat qilishda yordam beruvchi funksiyalar boʻladi.

Siz faqat foydalansangiz kifoya.

Yana oʻqing

Biznesingizni boshqarishga tayyormisiz?

100+ biznes allaqachon ARYFMA POS bilan oʻz savdo jarayonlarini soddalashtirmoqda.