Barcha maqolalar
biznes

O‘rtacha chekni bilmaslik biznesingizga qanday zarar keltiradi?

Ushbu maqolamizda oʻrtacha chek nima va u biznesda nega muhim ekanligini yoritib berdik.

ARYFMA2 daqiqa oʻqish
O‘rtacha chekni bilmaslik biznesingizga qanday zarar keltiradi?

Agar siz savdongizni oshirishni istasangiz oʻrtacha chek nimaligini albatta bilishingiz kerak.

Chunki oʻrtacha chekni oshirish orqali yangi mijoz topmasdan ham savdoni ko‘paytirishingiz mumkin.

O‘rtacha chek — bitta mijoz sizdan mahsulot xarid qilganida o‘rtacha qancha pul sarflashini ko‘rsatuvchi miqdor.

Uni aniqlash formulasi: oʻrtacha chek = jami savdo ÷ mijozlar soni. Masalan, 10 ta mijoz jami 1 000 000 so‘m xarid qilsa:

1 000 000 ÷ 10 = 100 000 so‘m. Demak, o‘rtacha chek 100 000 so‘mga teng boʻladi.

Agar siz oʻrtacha chekni bilmasangiz:

Reklamaga ortiqcha pul ketadi

Yangi mijoz olib kelish xarajati oshadi, ammo mijozdan tushayotgan pul bundan kam bo‘lishi mumkin. Natijada savdo ko‘paygandek ko‘rinadi, foyda esa kamayadi.

Pul yetishmovchiligi paydo bo‘ladi

Mijozlar ko‘p bo‘lsa-da, har biri juda kam xarid qilsa tushum katta ko‘rinishi mumkin. Lekin ijara, maosh kabi xarajatlarga pul yetmay qoladi.

Keraksiz tovarlar omborda yig‘ilib qoladi

Qaysi mahsulotlar birga sotilishini bilmasangiz noto‘g‘ri tovarlarni ko‘p olib qo‘yishingiz mumkin. Pul esa sotilmay turgan mahsulotga bog‘lanib qoladi.

Sotuvchilar imkoniyatni boy beradi

Xodim faqat mijoz so‘ragan mahsulotni sotib, boshqa kerakli mahsulotni taklif qilmasa qo‘shimcha savdo yo‘qoladi.

Narx belgilashda xato qilinadi

Raqobatchi narxni tushirsa, tadbirkor ham shoshilib narxni pasaytirishi mumkin. Ammo bu foydani keskin kamaytirib yuborishi ehtimol.

Shuning uchun faqat “Bugun qancha sotdim?” deb emas, “Har bir mijoz o‘rtacha qancha xarid qildi?” deb ham qiziqish lozim.

Chunki ba’zan biznesni o‘stirishning eng oson yo‘li — ko‘proq mijoz topish emas, mavjud mijozga ko‘proq qiymat taklif qilishdir.

Yana oʻqing

Biznesingizni boshqarishga tayyormisiz?

100+ biznes allaqachon ARYFMA POS bilan oʻz savdo jarayonlarini soddalashtirmoqda.